» » Meyvezer va MakGregor o‘rtasidagi jang qamrovi bo‘yicha Meyvezer — Pakyao to‘qnashuvidan o‘ta olmadi

Meyvezer va MakGregor o‘rtasidagi jang qamrovi bo‘yicha Meyvezer — Pakyao to‘qnashuvidan o‘ta olmadi


Floyd Meyvezer ishtirokidagi janglar Pay-Per-View (PPV) tizimida yaqqol yetakchilik qiladi. Bu haqda BoxingScene nashriga asoslanib, “Olamsport” xabar berdi.

Konor MakGregor va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang qamrovi bo‘yicha eng katta auditoriyani o‘ziga qaratishi kutilgandi. Biroq amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Mazkur jang lavhalarini 4,3 million kishi sotib olgan.

Floyd Meyvezerning filippinlik Menni Pakyaoga qarshi jangini esa 4,6 million odam kuzatishni istagan va PPV’ga murojaat bilan chiqqan.

Mazkur tizimda ketma-ket to‘rt yuqori o‘rinni Floyd Meyvezer ishtirokidagi janglar band qilganini ko‘rish mumkin. Amerikalik bokschining De La Xoyyaga qarshi jangi 2,4 million auditoriyani qamrab olgan. Alvaresga qarshi jang ko‘rsatkichlari esa 2,2 millionni tashkil qilgan.

5-o‘rindagina Meyvezer yo‘q. Bunda Xolifild hamda Tayson o‘rtasidagi jang bo‘y ko‘rsatib, 1,9 millionlik auditoriyani qamrab olgandi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют