» » Qahramon Quronboyev Qo‘qondagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi (foto)

Qahramon Quronboyev Qo‘qondagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi (foto)


Farg‘onada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda festival o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qo‘qon shahrida tashkillashtirilgan ushbu festivalda 5 000 nafardan ortiq yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev ham festival doirasida so‘zga chiqib, yoshlarga kelajakdagi o‘qishlarida muvaffaqiyat tiladi, harbiylarning yurt tinchligi yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdi. Bundan tashqari Qahramon Quronboyev harbiy qism Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti xonasiga kirib, harbiy qism yoshlar yetakchisi bilan uchrashdi, unga harbiylarning dunyoqarashini yanada oshirish yo‘lida o‘z maslahatlarini berdi.

Festival doirasida ishtirokchilarga 50 dan ortiq turdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘ namunalari, uzoqlikni aniqlash va mo‘ljalga olish moslamalari, shuningdek, aloqa vositalari namoyish etildi.

Tadbirga tashrif buyurganlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun okrug harbiy orkestri tantanali konsert dasturini namoyish etgan bo‘lsa, harbiy xizmatchilar qo‘l jangi elementlari bilan ko‘rgazmali chiqishlarni ko‘rsatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 21:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют