» » So‘rovnoma: Orolbo‘yi aholisi davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatidan qay darajada mamnun?

So‘rovnoma: Orolbo‘yi aholisi davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatidan qay darajada mamnun?


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Samarali davlat boshqaruvini rivojlantirishga ko‘maklashish va raqamli transformatsiya” qo‘shma loyihasi hamda BMTning “Orol bo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” qo‘shma dasturi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar va Qo‘ng‘irot tumani Davlat xizmatlari aholisiga tashrif buyuruvchi fuqarolar orasida Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, ularni olish tartibi, jarayoni haqida so‘rov o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugungi kunda Nukus shahar Davlat xizmatlari markazi aholi va tadbirkorlik subyektlariga 100 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Markazga bir kunlik aholi oqimi 800–900 kishini tashkil qilmoqda. Qo‘ng‘irot tumani Davlat xizmatlari markazi orqali esa aholiga 60 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Markazga bir kunlik aholi oqimi 250–300 kishini tashkil qilmoqda.

So‘rovda aniqlanishicha, 70 foiz respondentning murojaatlari ko‘rib chiqilib, joyida amaliy yordam berilgan. 70 foiz respondent markaz zarur va zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanganligini, 25 foizi kutib o‘tirishiga qulay sharoit yaratish zarurligini bildirgan. 70 foiz respondent xodimlarning bilimi, fuqarolar bilan o‘zaro muomala madaniyatini yaxshi baholab, xodimlar tomonidan ta’magirlik holatlari guvohi bo‘lmaganligini bildirishgan.

So‘rovda ishtirok etgan 25 nafar respondentning 10 nafari 20 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 5 nafari 30 yoshdan oshgan erkaklar, 10 nafari 30 yoshdan oshgan ayollarni tashkil etdi.

Bularning 10 nafari talaba, 5 nafari tadbirkor, 5 nafari ishsiz, 5 nafari davlat xizmatchisi.

Respondentlarning 21 nafari ularga kerakli davlat xizmatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish kerakligini, tanish-bilishlari orqali, 2 nafari bevosita xizmat ko‘rsatuvchi idora vakillaridan, 1 nafari televideniye orqali, 1 nafari mahalla fuqarolar yig‘inidan bilganligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 20:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют