» » Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan tomosha ilk bora O‘zbekiston teatrlarida namoyish etiladi

Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan tomosha ilk bora O‘zbekiston teatrlarida namoyish etiladi


O‘zbekistonga Sergey Obrazsov nomidagi dunyodagi eng yirik qo‘g‘irchoq teatri 40 yil ichida ilk bora gastrol safari bilan keladi, deb xabar beradi Turon 24.

Teatrning Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan “G‘aroyib konsert” tomoshasi birinchi marta O‘zbekiston teatrlarida namoyish etiladi.

Spektakllar O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrida 19, 20 va 21-oktabr kunlari qo‘yiladi.

“G‘aroyib konsert” dasturi dunyo bo‘yicha 10 ming martadan ko‘proq namoyish qilingan tomosha hisoblanadi.

Teatr jamoasi 19, 20-oktabr kunlari soat 18:00 da “G‘aroyib konsert”, 21-oktabr kuni soat 13:00 va 16:00 da “Mushukning uyi” tomoshalarini ko‘rsatadi.

Dunyoga mashhur qo‘g‘irchoq teatrining O‘zbekistonga safari Rossiyaning “Katta gastrol” loyihasi hamda Alisher Usmonovning “San’at, ilm va sport” xayriya jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Teatr tomoshalari Samarqand shahrida ham o‘tkazilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 14:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют