» » Rossiya teatr jamoasi Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan sahna asari bilan Toshkentga keladi

Rossiya teatr jamoasi Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan sahna asari bilan Toshkentga keladi


Sergey Obrazsov nomidagi Rossiya davlat markaziy akademik qo‘g‘irchoq teatri joriy yilning 19—21-oktabr kunlari O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrida o‘zining musiqiy dasturini san’at muxlislariga taqdim etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkentda Rossiya Federatsiyasining musiqiy, teatr jamoalari, san’at namoyandalarining ijodiy safarlarini muntazam o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri, O‘zbekiston yoshlar teatri jamoalari Rossiyada o‘tadigan festivallar, ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Mashhur qo‘g‘irchoq teatri jamoasi 1931-yilda san’at arbobi Sergey Obrazsov tomonidan tashkil etilgan. Turli ijodiy eksperimentlar, musiqa, zavqli satira, asarlarni sahnalashtirish jarayonidagi o‘ziga xos yondashuv jamoa faoliyatida ustuvor o‘rin egallaydi.

Teatrning kattalar uchun mo‘ljallangan, qo‘g‘irchoqlar ijrosining bor imkoniyatlarini namoyish etuvchi “G‘aroyib konsert” (“Neobiknovenniy kontsert”) nomli afsonaviy spektakli parodiyali hazil uslubidagi tomosha bo‘lib, 19 va 20-oktabr kunlari namoyish etiladi.

Sergey Obrazsov hamda Semyon Samodur asari asosidagi ushbu zavqli spektaklning ilk premyerasi 1946-yilda yaratilgan bo‘lsa-da, u hanuz sahnalardan tushmay kelmoqda. 10 ming marotabadan ortiq o‘ynalgan ushbu mashhur spektaklni musiqachi va raqqosalar, sirk ustalari va ko‘zboylag‘ichlarga quvnoq taqlid etilgan tomosha, deyish mumkin. Ushbu sahna asari ko‘plab shaharu yurtlarni aylanib chiqib, XX asrning eng mashhur spektakllari sirasidan hamda "Ginnesning rekordlar kitobi"dan o‘rin olgan.

21-oktabr kuni esa jajji tomoshabinlar uchun Samuil Marshakning “Mushukchaning uyi“ (“Koshkin dom“) spektakli namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют