» » Open Air konserti Alisher Navoiy nomidagi DAKTning yangi mavsumini ochib beradi

Open Air konserti Alisher Navoiy nomidagi DAKTning yangi mavsumini ochib beradi


Joriy yilning 14—15-sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri jamoasi teatr hududiga tutash maydonda ochiq osmon ostidagi navbatdagi musiqiy dasturni tomoshabinlar e’tiboriga havola etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Open Air. Serenadalar, klassik va rok musiqa” deb nomlangan konsert yulduzlarga to‘la osmon ostida, jonli ijroda bo‘lishi bilan ahamiyatli.

Ikki kun mobaynida ushbu maydonga mumtoz musiqa shinavandalari jam bo‘ladi. Navbatdagi Open Air konserti Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining yangi 89-ijodiy mavsumi ochilishiga bag‘ishlanadi.

Bu yerda mazkur teatrning orkestr jamoasi hamda mohir dirijyor Kamoliddin O‘rinboyev rahbarligidagi O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri, opera san’ati yulduzlari, xalqaro tanlovlar sovrindorlari, iqtidorli yoshlar jahon va o‘zbek kompozitorlarining asarlari, kinofilmlarda yangragan kuy-qo‘shiqlar, operalardan ariyalar, zamonaviy musiqa namunalarini san’at muxlislari e’tiboriga havola etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют