» » O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida 40 dan ortiq kelishuv imzolandi

O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida 40 dan ortiq kelishuv imzolandi


Rossiya Federatsiyasining Tatariston respublikasi prezidenti Rustam Minnixonov boshchiligidagi delegatsiya 18-oktabr kuni mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan tatar milliy madaniy markazlari faollari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi faol madaniy-gumanitar hamkorlik samarasida xalqlarimizning do‘stona munosabatlari mustahkamlanib borayotgani, turli sohalarda o‘zaro hamkorlikka yo‘l ochilayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda tatar millatiga mansub 240 mingga yaqin, Tataristonda o‘zbek millatiga mansub 120 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.

Tadbir doirasida Tatariston respublikasi va Toshkent viloyati o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 40 dan ortiq kelishuv imzolandi.

Tatariston prezidenti tatar milliy madaniy markazlari faollariga esdalik sovg‘alari topshirdi.

O‘zbek va tatar xalqlari o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlash maqsadida turli tadbirlarni o‘tkazishga oid fikr-mulohazalar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 11:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют