» » O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda rus tili o‘qituvchilarini tayyorlaydi

O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda rus tili o‘qituvchilarini tayyorlaydi


Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Rossiyaning Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shartnomaga ko‘ra, ta’lim muassasalari rus tili o‘qituvchilarini tayyorlash va rus tilini o‘qitish hamda targ‘ib etish uchun qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazadi.

Jumladan, rus tilini o‘qitish bo‘yicha ta’lim-metodik materiallar ishlab chiqish va moslashtirish uchun qo‘shma mualliflar jamoalari tuziladi. Ilmiy-tadqiqot, seminarlar, turli kurslar tashkil etiladi.

Hamkorlikning yana bir yo‘nalishi o‘qituvchilarning O‘zbekistonda va Rossiyada amaliyot o‘tashi hamda malakasini oshirishini yo‘lga qo‘yishdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 23:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют