» » KXDR va Janubiy Koreyani chegarani qurolsizlantirish jarayonini 25-oktabrgacha yakunlaydi

KXDR va Janubiy Koreyani chegarani qurolsizlantirish jarayonini 25-oktabrgacha yakunlaydi


Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi chegarani qurolsizlantirish 25-oktabrgacha yakuniga yetkaziladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“21-oktabrdan tomondan qo‘riqlar postlarini demontaj qilishga, o‘t ochish nuqtalarini yo‘qotishga va harbiy xizmatchilar sonini birlashgan xavfsizlik zonasida belgilangan miqdorda qisqartirishni boshlaydi”, — dedi Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili.

Qayd etishlaricha, 20-oktabr kuni sapyorlar qurolsizlantirilgan zonaning Pxanmunchjom chegara punkti yaqinidagi qismini minalardan tozalashni yakunlagan. Shimoliy Koreya mutaxassislari beshta minani topib, ularni zararsizlantirgan, janubliklar esa birorta mina topmagan.

Chegarani qurolsizlantirish bo‘yicha kelishuvga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sentyabr oyida Pxenyanda bo‘lib o‘tgan uchinchi uchrashuvidan so‘ng erishilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 21:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют