» » Rossiyadagi “Avangard” zavodida yuz bergan portlashning uch qurboni chet ellik ekani aytildi

Rossiyadagi “Avangard” zavodida yuz bergan portlashning uch qurboni chet ellik ekani aytildi


Rossiyaning Leningrad viloyati Gatchina shahridagi “Avangard” zavodida halok bo‘lgan to‘rt kishining uch nafari chet ellik bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Halok bo‘lganlarning uch nafari — chet ellik”, — dedi agentlik suhbatdoshi; uning qo‘shimcha qilishicha, barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan.

Biroq “TASS” xabarida qurbonlar aynan qaysi mamlakatlarning fuqarolari ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq halok bo‘lganlardan biri Belarus fuqarosi ekani haqida xabar berilgan edi.

Pirotexnika vositalari va kemping uchun mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Avangard” zavodida 19-oktabr kuni portlash yuz bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 23:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют