» » Tramp Rossiya bilan raketa shartnomasini bekor qilishini bildirdi

Tramp Rossiya bilan raketa shartnomasini bekor qilishini bildirdi


Donald Tramp AQSh o‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chiqishini bildirdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

AQSh prezidenti Rossiya mazkur kelishuvni buzayotganligi sababli shunday qilishga majburligini da’vo qilmoqda.

“Biz kelishuvni bekor qilishga chog‘lanyapmiz. Keyin qurollanishni shunday avj oldiramizki, oxir-oqibat Rossiya va Xitoy yangi bitimga rozi bo‘ladi”, — ta’kidladi Tramp.

Ma’lumot uchun, 1987-yilda imzolangan mazkur shartnoma tomonlarga masofasi 500 dan 5,5 ming kilometrgacha bo‘lgan ballistik va qanotli raketalarga ega bo‘lishni man etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 19:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют