» » AQSh Rossiyaga harbiy qarshilik ko‘rsatishga hozirlanmoqda

AQSh Rossiyaga harbiy qarshilik ko‘rsatishga hozirlanmoqda


Rossiya tomonidan O‘rta va kichik masofali raketalarni (O‘KMR) yo‘q qilish haqidagi shartnoma buzilgan taqdirda, AQSh o‘rta masofali raketalar tizimini yaratish bo‘yicha harbiy yechimlarga murojaat qilishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon “Kommersant” gazetasiga ma’lum qildi.

“Biz avvalgidek, Rossiya tomonidan Shartnoma qoidalarining buzilishi masalasini diplomatik hal qilishga intilayotgan bo‘lsak-da, AQSh yerdagi bazaga tayanadigan o‘rta masofali raketalar tizimini yaratish bo‘yicha ehtimoliy harbiy yechimlarni ham o‘rganishni boshlamoqda”, — dedi Shennon.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Shartnomaga rioya qilmagan taqdirda, ushbu raketalar AQSh va ittifoqdoshlarining himoyasini ta’minlaydi, shuningdek, Moskva taqiqlangan raketalarni yaratish orqali erishayotgan ustunlikni qoplaydi.

“Agar Rossiya O‘KMR haqidagi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlariga to‘liq rioya qilishga qaytsa, biz ushbu shartnomada taqiqlangan tizimlarni ishlab chiqishni to‘xtatishga tayyormiz”, — dedi Shennon.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют