» » Tramp: Rossiya KXDRga bog‘liq vaziyatda AQShga umuman yordam bermayapti

Tramp: Rossiya KXDRga bog‘liq vaziyatda AQShga umuman yordam bermayapti


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yadro va raketa dasturlari tufayli qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilgan KXDR bilan bog‘liq vaziyatda AQShga umuman yordam bermayotganligini bildirdi. Bu haqda u Reuters agentligiga ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Tramp intervyu davomida Rossiya KXDRga sanksiyalar bilan taqiqlangan mahsulotlarni olishda yordam berayotganligini bildirdi. Trampning bu boradagi aniq so‘zlari keltirilmagan.

Shu bilan bir paytda AQSh prezidenti Shimoliy Koreyaga neft va ko‘mirni yetkazishni cheklashga qaratilgan harakatlari uchun Xitoyni maqtadi.

“Xitoy bizga yordam berayotgan masalani Rossiya izdan chiqarmoqda. Boshqacha aytganda, Xitoy cheklagan narsalar o‘rnini Rossiya to‘ldirmoqda”, — dedi Tramp.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют