» » O‘zbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi

O‘zbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi


21-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, qishki sport turlari bo‘yicha trenerlar tayyorlash sohasida o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga oid kelishuvga erishilgan. Xususan, mamlakatda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi. Shuningdek, o‘zbek sportchi va trenerlariga universitetning Rossiyadagi qishki sport turlariga ixtisoslashgan bazalarda shug‘ullanish imkoniyati yaratiladi.

Uchrashuv yakunida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 21:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют