» » Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan chetlatildi. U korrupsiyada gumon qilinmoqda

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan chetlatildi. U korrupsiyada gumon qilinmoqda


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning O‘zbekiston elchisi Yerik Utembayevni egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. “Sputnik”ning qayd etishicha, Utembayev davlat mablag‘larini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.

“Davlat rahbarining farmoni bilan Utembayev Yerik Miltiqbayevich Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozim vakolatlarini bajarishdan vaqtincha chetlatildi”, — deyiladi Qozog‘iston prezidenti saytida e’lon qilingan axborotda.

Oktabr oyi o‘rtalarida Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi 140 million tenge (taxminang 378 ming dollar) miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumolanayotganini ma’lum qilgan edi.

Diplomat “mas’uliyatli davlat lavozimini egallagani holda, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’muriy binosida qurilish ishlari bajarilgani haqida qasddan soxta hjujjatlarni imzolaganlikda gumon qilinmoqda”.

Yerik Utembayev 2016-yil aprelida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют