WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » YChL. “Bavariya” 2 daqiqada 2 ta gol urib g‘alaba qozondi, “Valensiya” esa durang o‘ynadi (video)
YChL. “Bavariya” 2 daqiqada 2 ta gol urib g‘alaba qozondi, “Valensiya” esa durang o‘ynadi (video)
23—24-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Birozgina avval 2 ta o‘yin yakuniga yetdi.
Myunxenning “Bavariya” jamoasi safarda AYEK mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Xavi Martines hamda Robert Levandovski mualliflik qildi.
“Valensiya” esa Shveysariyaga safar qilib, “Yang Boyz” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mehmonlarning goliga Mishi Batshuayi mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlarning javob goli esa Oaro tomonidan kiritildi.
Ayni damda 3-tur doirasida 6 ta uchrashuv boshlandi.
Yevropa Chempionlar Ligasi
3-tur bellashuvlari
“E” guruhi
Gol: 0:1 – 61 Martines, 0:2 – 63 Levandovski.
“H” guruhi
Gollar: 0:1 – 26 Batshuayi, 1:1 – 55, penalti Oaro.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?