» » Qora dengizda cho‘kib ketgan eng qadimiy kema topildi

Qora dengizda cho‘kib ketgan eng qadimiy kema topildi


Arxeologlar Qora dengiz tubida yoshi 2400 yilga teng cho‘kib ketgan eng qadimiy kemani topdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Qadimiy Gretsiyaga tegishli uzunligi 23 metr bo‘lgan kema taxminan ikki kilometr chuqurlikda topilgan. Mutaxassislar machta, rul va eshkak eshish o‘rindig‘ining katta chuqurlikda kislorod yetishmasligi tufayli yaxshi saqlanib qolganini qayd etgan.

Olimlarning fikricha, kema shu vaqtgacha faqat suratlar va keramik buyumlardan ma’lum bo‘lgan savdo kemalari turiga kiradi. Bunga o‘xshash kema miloddan avvalgi 480 yilga tegishli bo‘lgan attik vazada tasvirlangan. Vazada Odisseyaning sirenalar bilan uchrashuvi aks etgan.

Kema Qora dengiz tubini o‘rganuvchi arxeologlar va geodezistlarning uch yillik suvosti arxeologik missiyasi doirasida topilgan. Ayni paytda olimlar jamoasi 60 dan ortiq kema halokati joyini aniqlagan. Cho‘kkan kemalarning yoshi klassik davr, Qadimgi Rim davri va XVII asrni qamrab oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют