» » Qrimda qadimiy kitning skeleti topildi

Qrimda qadimiy kitning skeleti topildi


Rossiyaning Qrim o‘lkasidagi Kerch yarim orolida olimlar yoshi taxminan 10 million yilga teng bo‘lgan kitning toshga aylangan suyak qoldiqlarini topdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Kit skeleti qoldiqlari Qrim ko‘prigiga yondosh quriladigan temir yo‘l qurilishidan oldingi arxeologik izlanishlar vaqtida topilgan.

Ta’kidlanishicha, topilma paleontologlarning katta muvaffaqiyati sanaladi. Uning asosiy ahamiyati shundaki, bu — qadimiy kitning a’zolari bo‘lgan skelet. Bosh suyaklari saqlanib qolmagan, biroq umurtqa qismi — ko‘krakdan dumgacha bo‘lgan qism to‘liq mavjud.

Ekspertlarning fikricha, suyaklar uzunligi 30 metrgacha yetadigan zamonaviy mo‘ylovli kitlarning ajdodi bo‘lgan setoteriyga tegishli. Rivojlanishning erta bosqichlarida bu sutemizuvchilarning o‘lchamlari kichikroq bo‘lgan.

Suyak bo‘laklari o‘rganib chiqiladi va Qrimdagi muzeyda bo‘ladigan ko‘rgazmaga tayyorlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют