» » O‘zbekistonda 2018-yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra aholi jon boshiga YaIM hajmi 7,4 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2018-yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra aholi jon boshiga YaIM hajmi 7,4 mln so‘mni tashkil etdi


Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarni e’lon qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistonning YaIM hajmi joriy narxlarda 244 trillion 343,7 milliard so‘mni tashkil etdi.

Bu o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2 foizga ko‘p. YaIM deflyatori indeksi 2017-yilning yanvar—sentabridagi narxlarga nisbatan 31,6 foizni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 7,433 million so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga yuqoridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют