» » Putinning AQShga ta’sirini ta’kidlash uchun, The New Yorker jurnali ruscha nom bilan chiqadi

Putinning AQShga ta’sirini ta’kidlash uchun, The New Yorker jurnali ruscha nom bilan chiqadi


Amerikaning New Yorker jurnali yangi sonining anonsini e’lon qildi, uning muqovasida Vladimir Putin tasvirlangan, nashrning nomi esa birinchi marta ruscha harflar bilan yozilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Rassom Barri Blitt qalamiga mansub muqovada Putin bir ko‘zli ko‘zoynak yordamida kapalak qiyofasidagi AQSh prezidenti Donald Trampga qarayotgani aks etgan. Yangi muqovaga berilgan ta’rifda tasvirdagi qahramonning ismi Yustas Vlidimirovich Tilley ekanligi aytiladi.

Tasvir New Yorker’ning 1925-yilda chiqarilgan birinchi soniga murojaat qiladi. Unda kapalakni monokl yordamida ko‘zdan kechirayotgan jentlmen Yustas Tillini ko‘rish mumkin edi. Keyinroq Tillining tasviri nashr ramziga aylandi.

“Vladimir Putin Amerikadagi saylovlarga ta’sir o‘tkazishi mumkin edi, ammo uning rejalari bundan-da ulkan”, — deyiladi anonsda. Prezident tasvirlangan jurnal soni 27-fevral kuni chiqarilib, Putin va Trampning munosabatlari haqidagi maqolalardan iborat bo‘ladi.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют