» » Rim papasi yevropalik populist siyosatchilarni Gitlerga qiyosladi

Rim papasi yevropalik populist siyosatchilarni Gitlerga qiyosladi


Rim papasi Fransisk populist siyosatchilarni Uchinchi reyx yetakchisi Adolf Gitler bilan taqqosladi va Yevropa mamlakatlarini qochoqlarni qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.

Rim papasi Vatikanda avlodlar aloqasi haqidagi kitob taqdimotiga tashrif buyurdi va nutq so‘zladi. U o‘z nutiqda populizmni va muhojirlarga qarshi kayfiyatni qoraladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yosh avlod qilingan xatolarni takrorlamasligi uchun ularga jahon urushlari tarixi haqida so‘zlab berish juda muhim hisoblanadi.

Rim papasi misol sifatida Adolf Gitlerni keltirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, inqirozlar qo‘rquv va tahlikani keltirib chiqaradi. “Yevropa populizmining eng yaqqol misoli — bu 1933-yildagi Germaniya. Nemislar Gitler uchun ovoz berdi. Gitler hokimiyatni egallab olmadi, uning xalqi u uchun ovoz berdi, keyin esa u o‘z xalqini qo‘rquvga soldi”, — deb ta’kidlagan katolik cherkovi rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют