» » YChL. “Barselona” “Inter”ni yengdi, “Liverpul”, “Borussiya D” yirik hisobda yutdi, PSJda esa durang (video)

YChL. “Barselona” “Inter”ni yengdi, “Liverpul”, “Borussiya D” yirik hisobda yutdi, PSJda esa durang (video)


24-oktabr sanasida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 3-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.

Xususan, Dortmundning “Borussiya”si o‘z uyida Madridning “Atletiko” klubini qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Rafael Gerreyru dublga erishgan bo‘lsa, Sancho hamda Aksel Vitsel ham ham bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Messisiz qolgan “Barselona” esa o‘z maydonida tarkibida Mauro Ikardi bo‘lgan “Inter”ga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklarning gollariga birinchi bo‘limda Rafinya, ikkinchi bo‘limda esa Jordi Alba mualliflik qildi.

“Liverpul” esa “Enfild”da guruh autsayderi “Srvena Zvezda”ni o‘z maydonida qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Muhammad Saloh dublga erishdi, Roberto Firmino hamda Sadio Mane esa bittadan gol urdi.

“C” guruhining ikkinchi o‘yini esa Parijada bo‘lib o‘tdi. Unda PSJ Karlo Anchelotti boshliq “Napoli”ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Neapolliklar safida Lorenso Insinye va Dris Mertens gol urgan bo‘lsa, mezbonlarga gol kiritishda Mario Ruy o‘z avtogoli bilan yordam berdi. O‘yin so‘ngida esa Anxel di Mariya PSJni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

3-tur bellashuvlari

“A” guruhi

Gollar: 0:1 – 31 Silla, 1:1 – 39 Uesli.

Gollar: 1:0 – 38 Vitsel, 2:0 – 73 Gerreyru, 3:0 – 83 Sancho, 4:0 – 89 Gerreyru.

“B” guruhi

Gollar: 1:0 – 29 Losano, 1:1 – 39 Lukas Moura, 1:2 – 54 Keyn, 2:2 – 87 de Yong.

Gollar: 1:0 – 32 Rafinya, 2:0 – 83 Alba.

“C” guruhi

Gollar: 1:0 – 20 Firmino, 2:0 – 45 Saloh, 3:0 – 51, penalti Saloh, 4:0 – 80 Mane.

Gollar: 0:1 – 29 Insinye, 1:1 – 61, avtogol Mariu Ruy, 1:2 – 77 Mertens, 2:2 – 90 Di Mariya.

“D” guruhi

Gollar: 0:1 – 26, penalti Marega, 0:2 – 35 Errera, 1:2 – 38 Miranchuk, 1:3 – 47 Korona.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 03:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют