» » Samarqandda yuz bergan mudhish qotillikning videosi paydo bo‘ldi

Samarqandda yuz bergan mudhish qotillikning videosi paydo bo‘ldi


Samarqandda 1999-yilda tug‘ilgan T.A o‘zidan 20 yosh katta bo‘lgan fuqaro, 1979-yilda tug‘ilgan Sh.R.ga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada fuqaro Sh.R. voqea joyida halok bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev mazkur qotillik aks etgan videoni taqdim qildi.

15-oktabr kuni soat taxminan 09:30 atrofida Samarqand shahri A.Ikromov ko‘chasida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan T.A. o‘zining tanishi Sh.R.ni pichoqlagan. Qotillik jarayoni aks etgan videoda T.A.ga hech kim qarshilik qilmaganini ko‘rish mumkin.

A.Temur ko‘chasida joylashgan “Erkin savdo” majmuasi ro‘parasidagi video kameraga tushgan, T.A. o‘z jinoyatini amalga oshirgandan so‘ng voqea joyidan ketib, so‘ng yana qaytib kelgan.

Videodagi ovozda aytilishicha, T.A. Sh.R.ga 32 marotaba pichoq urgan.

Mazkur holat yuzasidan 15-oktabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan T.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют