» » Samarqand shahrida mudhish qotillik yuz berdi

Samarqand shahrida mudhish qotillik yuz berdi


Samarqandda 1999-yilda tug‘ilgan T.A. o‘zidan 20 yosh katta bo‘lgan fuqaro, 1979-yilda tug‘ilgan Sh.R.ga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada fuqaro Sh.R. voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 15-oktabr kuni soat taxminan 09:30 atrofida Samarqand shahrida T.A. tanishi Sh.R. bilan oldindan bo‘lgan kelishmovchilik sababli uyidan oshxona pichog‘i bilan qurollanib, avtomobil ehtiyot qismlari savdo do‘koni ichida Sh.R.ga bir necha zarba bergan.

Sh.R. olgan tan jarohati bilan savdo do‘konidan qochib ketayotgan vaqtida T.A. uni quvlab borib, “Erkin savdo” majmuasi ro‘parasida yana unga bir necha marotaba pichoq bilan urgan. Oqibatda Sh.R. hodisa joyida vafot etgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning bergan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, marhum Sh.R.ning o‘limi ichki va tashqi qon ketish natijasida kelib chiqqanligi bayon etilgan.

Holat yuzasidan T.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют