» » Samarqandda IIB xodimiga 1 million so‘m pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Samarqandda IIB xodimiga 1 million so‘m pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi


2018-yil 9-oktabr kuni soat taxminan 18:00 atrofida O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi va Paxtachi tumani prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Tadbir davomida Paxtachi tumani Istiqlol ko‘chasida joylashgan IIB ma’muriy binosi yonida IIB xodimi S.M.ga fuqaro T.M. to‘plangan hujjatlar bo‘yicha yengillik yaratish va ma’muriy tartibda chora ko‘rishi evaziga 980 000 (to‘qqiz yuz sakson ming) so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Paxtachi tumani “Gulobod” mahallasida yashovchi, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, 1991-yilda tug‘ilgan, fuqaro T. M. dala shiyponida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarni maydalashga mo‘ljallangan qo‘lbola usulda yasalgan tegirmonni ishlatayotganligi holati yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2018-yilning 6-oktabr kuni fuqaro T.M.dan holat bo‘yicha tushuntirish xati olish uchun tuman IIB ga taklif qilingan.

T.M. ichki ishlar xodimi xizmat xonasiga kelib, unga to‘plangan hujjatlar bo‘yicha yengillik yaratish va ma’muriy tartibda chora ko‘rishi evaziga 1 000 000 (bir million) so‘m pullarni pora sifatida taklif qilgan.

T.M.ga qilayotgan harakatlari noqonuniy ekanligini tushuntirib berilgan bo‘lsada, ma’muriy javobgar bo‘lishi uchun pora sifatida pul berishini ma’lum qilgan. U bilan bo‘lgan so‘zlashuvlar xizmat xonasidagi kompyuterga o‘rnatilgan kamera orqali video tasvirga olganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan T. M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют