» » Shavkat Mirziyoyev: Kommunal xizmatlar xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilmasa, sifat bo‘lmaydi?

Shavkat Mirziyoyev: Kommunal xizmatlar xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilmasa, sifat bo‘lmaydi?


Bugun, 26-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida hududdagi zamonaviy ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.?

Tashrif chog‘ida Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarni boshqarish bo‘yicha takliflar taqdimoti o‘tkazildi. Bu takliflar Rossiyaning Qozon shahri tajribasi asosida ishlab chiqilgan. U professional servis kompaniyalari tashkil etish orqali ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Prezident tumanda ushbu tizimni joriy mavsumdayoq tatbiq etish, har bir ko‘p qavatli uyning egasini topib, ularga imtiyozlar berish zarurligini ta’kidladi.

“Innovatsion, ilmiy va tashkiliy ishlarni birlashtirib, baravar olib bormasak, bu soha eskicha holda qolaveradi. Kommunal xizmatlar xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilmasa, sifat bo‘lmaydi. Sifat bo‘lmagandan keyin to‘lov ham barqaror bo‘lmaydi. Bu sohada xizmatni, hisob-kitobni joyiga qo‘ysak, vaziyat o‘zgaradi, odamlar rozi bo‘ladi”,— dedi davlat rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют