» » O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori kimlarning qo‘lida?

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori kimlarning qo‘lida?


Rieltorlik tashkilotlari xodimlari fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori rasmiy vakillari hissasiga oldi-sotdilarning atigi 20 foizi, “qora maklerlar”ga esa qolgan qismi to‘g‘ri kelmoqda.

Mazkur bozorda yuzaga kelgan vaziyat haqida “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnali muxbiri Rieltorlik tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Abdumalik Aliyev bilan suhbatlashdi.

— 2011-yil iyunida O‘zbekistonda “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan, mazkur hujjatda ko‘chmas mulk bozori qatnashchilari (sotuvchilar va xaridorlar, ijaraga beruvchilar va ijaraga oluvchilar) hamda rieltorlar — xizmatlarning professional yetkazuvchilari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi ko‘zda tutilgan edi. Shu maqsadda rieltorlik faoliyatining litsenziyalanishi joriy etilgan, rieltorlik xizmatlari toifalari o‘rnatilgan, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarga (xususiy tadbirkorlarga) minimal talablar belgilangan, rieltorlik tashkilotlarining davlat tizimlari, uy-joy kommunal xo‘jaliklari, o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan munosabatlari aniqlangandi.

Biroq afsuski, rieltorlik xizmatlarining professional subyektlari hamon kamchilik bo‘lib qolmoqda va sohani faoliyatini noqonuniy amalga oshirayotgan minglab “maklerlar” bilan bo‘lishishga majbur bo‘lmoqda.

Ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar, ya’ni hujjatlar to‘plash huquqiga faqat rieltorlik tashkilotlari ega, to‘g‘rimi?
—Ma’lumotlarni to‘plashga faqat rieltorlik tashkilotlari haqli, chunki xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma ham ular bilan tuziladi. Biroq qonunning bu bandini chetlab o‘tish oson va bundan mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun hech qanday tegishli hujjati bo‘lmaganlar ham foydalanmoqda. Buning uchun ma’lumot to‘plashga notarial ishonchnoma rasmiylashtiriladi, xolos. Bunday vaziyat ko‘chmas mulk bozorining asosiy qismi “qora rieltorlar” tomonidan egallab olinishiga sabab bo‘lmoqda, bu esa juda katta mablag‘ni tashkil etadi.

Tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil 1-oktabr holatiga turli saytlarda 10 mingga yaqin kvartira o‘rtacha 40 ming dollar narx bilan sotuvga qo‘yilgan, ularning jami qiymati taxminan 400 million dollardan iborat. Vositachilarning xizmat haqi 3 foizni, ya’ni 12 million dollarni tashkil etadi. Bu mablag‘dan noqonuniy bozorga 9,6 million dollari to‘g‘ri kelmoqda. Bu mablag‘dan soliq to‘lanmaganligidan tashqari, ularning nimaga sarflanishi ham noma’lum, chunki davlat nazoratidan chetda.

“Qora maklerlar” tomonidan xizmatlar narxining minimal darajaga tushirilishi mijozlar bilan shartnoma tuzadigan va tashkilotni tutib turish, litsenziya, xodimlarni o‘qitish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni zimmasiga oladigan rieltorlik tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu tariqa qonun doirasida ish ko‘radigan rieltorlik tashkilotlarining faoliyati barbod qilinmoqda.

Ularning soni esa, ayniqsa, mintaqalarda shunday ham yetarli emas. Masalan, o‘tgan yil 1-iyunidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlariga atigi 4 tadan, Surxondaryoga 3, Sirdaryoga esa 2 ta litsenziya to‘g‘ri kelmoqda. 

Bunday vaziyat yaxshilikka olib kelmaydi, chunki ko‘chmas mulk egalari turli firibgarlar uchun nishonga aylanishi mumkin. Bu sotuvchilarga ham, xaridorlarga ham tegishli. Ular o‘zlari deyarli bilmaydigan, tanimaydigan insonning qo‘liga hujjatlarini topshirib qo‘yadi. Agar u birdaniga g‘oyib bo‘lsa yoki biror kor-hol yuz bersa, ko‘chmas mulk hujjatlarini qaytarishning iloji bo‘lmaydi. Mijoz aldansa, aybdorni topish o‘ta mushkul. “Qora maklerlar”dan farqli ravishda, rieltorlik tashkiloti rasman shartnoma tuzadi va o‘z harakatlari uchun to‘liq javob beradi.

Assotsiatsiya “qora maklerlar”ga qarshi kurash uchun qanday choralar ko‘rmoqda?
— Biz barcha manfaatdor davlat tizimlari bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Ko‘chmas mulk bozoridagi noqonuniy faoliyatga chek qo‘yish yuzasidan ishlar olib borilayotgan bo‘lsa ham, natijalar juda kamtarona. Assotsiatsiya rieltorlik tashkilotlari orqali ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chmas mulk obyektlari haqida ma’lumotlar almashiladigan guruhlarga ega “qora maklerlar” haqida axborotlar to‘plagan. Biroq bu ma’lumotlar talab etilmay qolib ketyapti.

— Ko‘chmas mulkning rasmiy bozori murakkab davrni boshdan kechirayotgani haqida aytish mumkin. Bu vaziyatdan chiqishning qanday yo‘llarini ko‘rmoqdasiz?
— Oliy Majlis Qonunchilik palatasi boshqa qonunlar bilan bir qatorda “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning ham monitoringini o‘tkazmoqda. Assotsiatsiya tomonidan uning ayrim moddalarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritilgan. Ularda bugungi kunda ko‘chmas mulk bozorida yuzaga kelgan holat hisobga olingan.

Xulosa o‘rnida mazkur bozorda tartib o‘rnatish bo‘yicha davlat darajasida tegishli hujjatlar qabul qilish vaqti allaqachon kelganini ta’kidlab o‘tishni istardim.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют