» » AGMK “Paxtakor”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 1-marta O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi

AGMK “Paxtakor”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 1-marta O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi


Bugun, 28-oktabr sanasida Farg‘ona shahrida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Unda Olmaliqning AGMK hamda Toshkentning “Paxtakor” jamoalari kurash olib bordi. O‘yinda hisobni AGMK hujumchisi Yovan Jokich 16-daqiqada penaltidan gol urib ochdi. 54-daqiqada esa Ismoil Gonsalvesh ham penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Jokich dublga erishdi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani Zohir Pirimov qo‘ydi. U 90-daqiqada gol urib, AGMKga o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritishini ta‘minladi.

O‘zbekiston Kubogi—2018

Final bahsi

28-oktabr, yakshanba

Gollar: 1:0—16, penalti Jokich, 1:1—54, penalti Gonsalvesh, 2:1—57 Jokich, 3:1—90 Pirimov.

AGMK: Roman Abdulov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev, Zohir Pirimov, Kamoliddin Murzoyev (Zafar Polvonov, 83), Yovan Jokich, Oybek Qilichev (Muzaffar Muzaffarov, 84).

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov (Igor Sergeyev, 86), Sherzod A’zamov, Marko Simich, Farruh Sayfiyev, Dilshod Rahmatullayev (Jasur Yaxshiboyev, 75), Vladimir Kozak (Jamshid Iskanderov, 46), Ismoil Gonsalvesh, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Tiago Bezerra.

Ogohlantirishlar: Sherzod A’zamov 32, Lutfulla To‘rayev 34, Vladislav Kasminin 38, Abduqahhor Xojiakbarov 39, Yovan Jokich 80,



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют