» » O‘zbekiston TIV Eron temir yo‘llari bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston TIV Eron temir yo‘llari bilan muzokara o‘tkazdi


O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 21—24-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Eron islom respublikasida bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif chog‘ida delegatsiya Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, avvalo, “Xaf – Hirot” yangi temir yo‘l tarmog‘i infrastrukturasi hamda Chohbahor dengizi porti imkoniyatlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Eron temir yo‘llari tashkiloti rahbariyatlari bilan ham uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif davomida afg‘on muammosi yechimiga ko‘maklashish, Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash yo‘llari hamda ushbu mamlakatda infrastruktura loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют