» » Rishtonda pechning dudburoniga uya qurgan qushlar 2 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Rishtonda pechning dudburoniga uya qurgan qushlar 2 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi


28-oktabr kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani Yoyilma qishlog‘i To‘lqin ko‘chasida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida yashovchi 1986-yil tug‘ilgan fuqaro  is gazidan zaharlanib, vafot etgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Baxtsiz xodisa sabablari o‘rganilganda, xonadon egasi va mehmon tunab qolgan uyning isitish pechining dudburoni (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani sababli, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgan va tortish kuchini yo‘qotganligi ma’lum bo‘ldi.

Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi  fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.

“Kirib kelgan kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘ling!”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют