» » Yangiyo‘lda er-xotin is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi

Yangiyo‘lda er-xotin is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi


2018-yilning 18-oktabr kuni Yаngiyo‘l tumani “Keng kichik” MFY Farovon ko‘chasi 12-uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, hayotdan bevaqt ko‘z yumgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

“Ushbu fojiaga xonadon yerto‘lasiga o‘rnatilgan qo‘lbola (sertifikatlanmagan) suv isitish anjomi sabab bo‘lgan. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, gazda ishlovchi suv isitish anjomiga dudburon o‘rnatilmaganligi hamda yerto‘lada havo almashish tuynugi bo‘lmaganligi oqibatida, tabiiy gazni chala yonishi va is gazi hosil bo‘lishi yuzaga kelgan. Yerto‘lada to‘plangan is gazi (havodan yengil) yotoqxonaga ko‘tarilgan va xonadon egalarini halokatli zaharlanishiga olib kelgan.

Kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling. Qo‘lbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanishdan o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют