» » O‘zbekistonda ichki oziq-ovqat bozorini ta’minlash nazorat ostiga olinadi

O‘zbekistonda ichki oziq-ovqat bozorini ta’minlash nazorat ostiga olinadi


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi qarori bilan respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi, deb xabar beradi “Norma”.

Hujjat aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini kafolatli ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarga yil davomida mahsulot yetkazib berish yuzasidan monitoring olib borish va nazoratni yo‘lga qo‘yish, narx-navolar asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilindi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab ichki iste’mol bozori oziq-ovqat resurslarini ishlab chiqarish va ishlatishning prognoz ko‘rsatkichlari orqali ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlana boshlaydi. Bozorning ta’minlanish darajasi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport va import qilish hajmlarini hisobga olgan holda baholanadi. Bunday baholash tartibi bir oy muddatda tasdiqlanib, amaliyotga joriy etiladi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini viloyatlar, tumanlar va fermer xo‘jaliklari bo‘yicha joylashtirishda prognoz ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.

2018—2019-yillar qish va bahor mavsumiga tayyorlov, shuningdek “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy tashkilotlari, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari muassasalari tomonidan zaxiraga jamg‘ariladigan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) prognoz hajmlari tasdiqlandi. Hajmlar har bir viloyat kesimida ko‘rsatilgan.

Tegishli tuzilmalar rahbarlariga o‘z tashkilotlarining ehtiyojlari uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z vaqtida xarid qilish yuzasidan topshiriq berildi. Buning uchun 1-noyabrga qadar ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish) shartnomalari tuzilishi ta’minlanadi.

Shuningdek 1-noyabrga qadar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash hajmlariga mos omborxonalar va sovutish sig‘imlari xatlovdan o‘tkaziladi.

Quyidagilar oziq-ovqat zaxiralari hajmlarini ta’minlash uchun moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

Zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi mumkin.

Quyidagilar bo‘yicha respublika ishchi guruhlarining shaxsiy tarkibi tasdiqlandi:

Har bir guruhga o‘z sohasiga oid vazifalar yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют