» » Dubayda hindistonlik mehnat muhojirini ayol kishining oyog‘ini o‘pishga majbur qilishdi

Dubayda hindistonlik mehnat muhojirini ayol kishining oyog‘ini o‘pishga majbur qilishdi


Dubayning Sharja shahrida hindistonlik do‘kon sotuvchisini ayol kishining oyog‘ini o‘pishga majburlashdi, deb xabar beradi UAE Inside.

Hindistonlik fuqaroga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini politsiyachi deb tanishtirgan va unga Naif metro bekatida uchrashishni taklif qilgan.

Hindistonlik fuqaro o‘z do‘stini olib, aytilgan joyga yetib boradi. Ular yetib kelganida o‘zini politsiyachi deb tanishtirgan shaxs hindistonlikning qo‘lini qayirib, mashinaga o‘tqazgan hamda uni shahar tashqarisiga olib ketgan. Mashinaga pokistonlik qiz ham o‘tirgan va “politsiyachi” hindistonlikdan qizdan uzr so‘rashni va uning oyog‘ini o‘pishni talab qilgan. Shundan so‘ng hindistonlikni qaytarib Sharja shahriga olib kelishgan, u shu yerdan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.

Holat bo‘yicha 27 yoshli Pokiston fuqarosi qo‘lga olingan. U sudning birinchi majlisida o‘zini aybsiz deb hisoblashini ma’lum qilgan.

“Men uni o‘g‘irlab ketmadim. O‘zimni politsiyachi deb tanishtirganim ham yo‘q. Men do‘kon ishchisiga qo‘ng‘iroq qilib, metro bekatida uchrashishni so‘radim, xolos”, — deydi ayblanuvchi.

Xabarda do‘kon ishchisi, gumonlanuvchi va ayol o‘rtasida qanday munosabat borligi haqida ma’lumot keltirilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют