» » O‘rxon Pamuq XX asr boshi haqida tarixiy roman yozmoqda

O‘rxon Pamuq XX asr boshi haqida tarixiy roman yozmoqda


Turkiyalik yozuvchi, adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi O‘rxon Pamuq XX asr boshiga bag‘ishlangan tarixiy roman ustida ishlamoqda. O‘rxon Pamuq bu unga kundalik siyosiy kun tartibidan chalg‘ishga yordam berishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Men voqealari 1900-yillarda O‘rtayer dengizidagi o‘ylab topilgan orolda sodir bo‘ladigan kitob yozyapman. U Usmonli saltanatining bir viloyati bo‘ladi. Bu tarixiy roman bo‘lgani bois, men u davr haqida ko‘plab adabiyotlar o‘qiyapman. O‘sha adabiyotlar ichiga kirib ketganimdan juda xursandman, chunki Istanbul tashqarisidagi hayot, har kunlik siyosiy kun tartibi meni charchatadi”, — dedi Pamuq.

Pamuq “Sukunat uyi”, “Mening ismim Qirmizi”, “Qora kitob”, “Qor” romanlari va boshqa mashhur nasriy asarlar muallifidir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют