» » Rossiyada yaqin 6 yil ichida boylar uchun mol-mulk solig‘i oshirilmaydi

Rossiyada yaqin 6 yil ichida boylar uchun mol-mulk solig‘i oshirilmaydi


Rossiya hukumati yaqin olti yilda soliqqa tortish tartibini o‘zgartirishni, shuningdek boylar uchun mol-mulk solig‘ini oshirishni rejalashtirmagan. Bu haqda “TASS”ga asoslanib O‘zA xabar berdi.

“Hukumat boylar to‘laydigan mol-mulk solig‘ini oshirib bo‘lgan. Moliya vaziri Anton Siluanov hukumatning qo‘shimcha soliq yuki bo‘yicha rejalari borligini ma’lum qilmagan. Avval ham bu haqda bir necha marotaba aytilganidek, yaqin olti yil ichida soliq shartlari o‘zgarmaydi”,— deyiladi xabarda.

Avvalroq RF moliya vaziri Anton Siluanov “Perviy kanal”ning “Pozner” dasturiga bergan intervyusida soliq qonunchiligiga o‘zgartish kiritish maqsadga muvofiq emasligi, shundoq ham soliq holati mo‘tadil ekanligini aytib o‘tgandi.

Ma’lumot o‘rnida, RFda mol-mulk solig‘i kadastr qiymatidan kelib chiqib 3 darajali stavkada to‘lanadi. Ushbu tartib 2015-yildan kuchga kirgan. Misol uchun, bahosi 300 million rubldan qimmat va 300 kvadrat metrdan oshgan ko‘chmas mulk 2 foiz stavkali soliqqa tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют