» » Amazon rahbari ikki kunda 19 milliard dollar yo‘qotdi

Amazon rahbari ikki kunda 19 milliard dollar yo‘qotdi


Dunyoning eng boy odami deb hisoblanadigan Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezos so‘nggi ikki kun ichida 19,2 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bunday yo‘qotishlar Amazon aksiyalarining 26-oktabrda 7,8 foizga, 29-oktabrda esa 6,3 foizga tushib ketishi natijasida yuz bergan. Aksiyalar narxining tushishiga kompaniya daromadining prognozlardagidan pastroq bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Bezosning boyligi 128,1 milliard dollarga teng. Bunda u hali ham dunyoning eng boy odamlari qatorida birinchi o‘rinda turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют