» » O‘zbekistonda 1,5 mldan ortiq qozoq millatiga mansub fuqaro istiqomat qilmoqda

O‘zbekistonda 1,5 mldan ortiq qozoq millatiga mansub fuqaro istiqomat qilmoqda


O‘zbekistonda 1,5 milliondan ortiq qozoq millatiga mansub fuqaro istiqomat qilmoqda. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Mansur Bekmurodov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kazinform”.

“Mamlakatda 100 ga yaqin qozoq milliy-madaniy markazi va 500 dan ortiq qozoq tili o‘qitiladigan umumta’lim maktabi mavjud. Qozoq tilida kadrlar tayyorlanmoqda, ansambllar, teatr faoliyat ko‘rsatmoqda. Qozoq O‘zbekistonda o‘zini vatanidagi kabi his etadi”, — ta’kidladi Bekmurodov “Qozog‘iston va Markaziy Osiyo: etnoijtimoiy jarayonlar va etnomadaniy muloqot” anjumani yig‘ilishida.

Bekmurodovga ko‘ra, yaqinda o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘zbek bo‘lmagan aholining 97 foizi O‘zbekistonni vatani hisoblashi va titul millat tomonidan hech qandan bosim o‘tkazilmasligini bildirgan.

Ekspert yig‘ilish davomida bu yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili o‘tkazilayotgani, kelgusi yil esa O‘zbekistonda Qozog‘iston yili deb e’lon qilinganini eslatib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют