» » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan qutladi


Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari qardosh Qozog‘iston xalqini samimiy tabriklab, ushbu muhim hujjatda umumiy tarix, ma’naviy va madaniy mushtaraklik bilan bog‘langan mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari mustahkamligi belgilab qo‘yilganini ta’kidlagan.

Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyaning imzolanishi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda yangi bosqich bo‘lgani qayd etilgan.

“Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida o‘tkazilayotgan madaniy-gumanitar va ishbilarmonlik tadbirlari xalqlarimiz yaqinligining yorqin ifodasidir”, deyilgan maktubda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют