» » Huawei 6 ta kamerali Honor Magic 2 smartfonini taqdim

Huawei 6 ta kamerali Honor Magic 2 smartfonini taqdim


Huawei kompaniyasi Honor Magic 2 smartfonini taqdim etdi. Qurilma slayder ko‘rinishda yaratilgan bo‘lib, oltita kameraga ega. Smartfonning old kamerasi harakatlanadigan orqa panelda joylashgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Smartfonning AMOLED displeyining diagonali 6,39 dyuymga teng. Qurilma asosida Kirin 980 protsessori joylashgan. Mazkur protsessordan shu vaqtgacha Huawei Mate 20 Pro smartfonida foydalanilgan.

Smartfonning tezkor xotirasi hajmi olti va sakkiz gigabaytga, doimiy xotirasi esa mos ravishda 128 va 256 gigabaytga teng.

Gadjet Android 9.0 Pie operatsion tizmida ishlaydi. U Huawei’ning EMUI 9.0 sozlamasi bilan to‘ldirilgan.

Honor Magic 2 ning har bir kamerasi uchtadan modulga ega. Asosiy kamera ikkita 16 megapikselli va yana bitta 24 megapikselli modulga ega. Old kamerada esa bitta 16 megapikselli va ikkita ikki megapikselli modul joylashgan.

Batareyaning sig‘imi 3400 milliamper/soatni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют