» » O‘zbekistonda Bosh prokuratura jinoyatlar, ularni sodir etgan shaxslar va jinoyat ishlarining yagona hisobini yuritiladi

O‘zbekistonda Bosh prokuratura jinoyatlar, ularni sodir etgan shaxslar va jinoyat ishlarining yagona hisobini yuritiladi


“Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq, 2018-yil 1-dekabrdan jinoyatlar, ularni sodir etgan shaxslar va jinoyat ishlarining yagona hisobi Bosh prokuratura tomonidan yuritiladi.

“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi joriy etiladi. Mazkur tizimda elektron statistik kartochkalar orqali jinoyat ishlari, tergovga qadar tekshiruv materiallari, sud muhokamalari, sud qarorlari ijrosi natijalari, ayblanuvchi va jabrlanuvchilar bo‘yicha ma’lumotlar kiritib boriladi.

Shuningdek, endilikda jinoyat ishlari hamda tergovga qadar tekshiruv materiallariga tartib raqami Yagona axborot tizimiga tegishli statistik ma’lumotlar kiritilgandagina beriladi.

Farmon bilan Bosh prokuratura tuzilmasida Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi va Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi tashkil etildi.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 2019-yil 1-fevraldan Toshkent shahrining boshqa tumanlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan, jinoyat sodir etilishining sabablarini tizimli tahlil qiladigan ekspert-tahlil guruhlari tajriba sifatida joriy etiladi.

Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida esa 2018-yil 1-dekabrdan Axborot markazi va uning hududiy bo‘linmalari tugatildi. Uning o‘rnida Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют