» » Twitter AQShdagi saylovlarni boykot qilishga chaqirgan 10 mingdan ortiq akkauntni o‘chirib tashladi

Twitter AQShdagi saylovlarni boykot qilishga chaqirgan 10 mingdan ortiq akkauntni o‘chirib tashladi


Twitter ma’muriyati AQShda 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga chiqmaslikni da’vat qilgan 10 mingdan ortiq akkauntlarni bloklab qo‘ydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Biz ushbu akkauntlarga nisbatan choralar ko‘rdik”, — deya Twitter mikrobloglar xizmati vakili Yan Plankettning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters agentligi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu akkauntlar sentabr—oktabr oylarida o‘chirib chiqilgan. Ushbu akkauntlar go‘yo AQSh Demokratik partiyasi tarafdorlarinikidek “niqoblangan” bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, AQShdagi oraliq saylovlar davomida AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zolari, 35 senator, 39 shtat va hududning gubernatorlari, shuningdek, shtatlar qonunchilik kengashlarining 6 mingdan ortiq a’zolari saylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют