» » Qirg‘izistonda muxolifat partiya yetakchisi hibsga olindi

Qirg‘izistonda muxolifat partiya yetakchisi hibsga olindi


Qirg‘izistonda qo‘lga olingan parlament muxolifati tarkibiga kiruvchi “Otamakon” partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayevning tarafdorlari Bishkekda uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida miting o‘tkazadi. Bu haqda mazkur partiyadan saylangan deputat Kanibek Imaniliyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Miting Tekebayev ayni paytda tutib turilgan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosi oldida o‘tkaziladi. Talablar bevosita aksiya davomida shakllantiriladi. Tekebayevning qo‘lga olinishi noqonuniy amalga oshirilgan, chunki ko‘plab protsessual normalar buzilgan. Deputatlarning bir qismi hibsga olinish masalasini muhokama etish uchun shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishga chaqirmoqda”, — deya ta’kidladi Kanibek Imaniliyev.

“Otamakon” partiyasi yetakchisi Istanbuldan uchib kelgan payti Bishkek aeroportida qo‘lga olindi. Bunga mamlakat Bosh prokuraturasi tomonidan muxolifatchiga nisbatan “Korrupsiya” va “Firibgarlik” moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘algani sabab bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют