» » Qirg‘iziston parlamentidagi muxolifat fraksiya yetakchisi mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yadi

Qirg‘iziston parlamentidagi muxolifat fraksiya yetakchisi mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yadi


Qirg‘iziston parlamentidagi “Onuguu” (“Taraqqiyot”) partiyasi fraksiyasi yetakchisi Bakit To‘ro‘bayev mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyatini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

To‘ro‘bayev bu yil 44 yoshga to‘ladi, u Jalolobod shahrida tug‘ilib-o‘sgan. To‘ro‘bayev asos solgan partiya hozirda parlament muxolifati tarkibiga kiradi.

Bir necha kun avval Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Temir Sariyev ham prezidentlik saylovida nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan edi.

Respublikaning amaldagi prezidenti Almazbek Atambayevning vakolatlari 2017-yil oxirida yakuniga yetadi.

Mamlakat qonunlariga ko‘ra, bir kishi ikki muddatdan ortiq davlat rahbari lavozimini egallash huquqiga ega emas.

Qirg‘izistondagi saylovoldi kampaniyasi rasman 2017-yil kuzida boshlanadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют