» » Mirishkorda qishloq bozori 3 oy avval buzib tashlangan, yangisini qurish hali boshlanmagan

Mirishkorda qishloq bozori 3 oy avval buzib tashlangan, yangisini qurish hali boshlanmagan


Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining qariyb 17 ming aholisi istiqomat qiluvchi Chandir qishlog‘idagi yagona bozor “Chandir oziq-ovqat dehqon bozori” 3 oy avval buzib tashlanganicha qarovsiz yotibdi, deb yozadi “Turon24”.

“Bozor 3 oy ilgari ‘Obod qishloq’ dasturiga kiritilgani tufayli buzib tashlangan edi. Shundan buyon hech kim e’tibor bermaydi, — deydi ushbu hududda yashovchi fuqaro Qamariddin Ro‘ziyev. — Har gal atrofni rasmga tushirib ketishadi, lekin amaliy natija yo‘q. Bir hafta ilgari ham rasmga olib ketishgandi. Ammo haligacha shu ahvolda turibdi. Qurilish qachon boshlanishini bilmaymiz”.

Aniqlanishicha, Chandir oziq-ovqat dehqon bozori hozirda qishloq markazidan qariyb uch kilometr uzoqlikda joylashgan eski mashina traktor parkiga ko‘chirilgan. Aholining fikriga ko‘ra, bozorning eski garajga ko‘chirilishi ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Masofa uzoq, hammada ham avtoulov yo‘q.

Ismini oshkor qilishni istamagan savdogarlardan birining aytishicha, eski garajga ko‘chgan bozor juda tartibsiz. Rasta yo‘q. Ob-havo issiq paytida chang-to‘zon ko‘tarilsa, yomg‘irli kunlarda loygarchilik bo‘ladi.

G‘ayratjon Halimov ismli xaridorning gaplariga ko‘ra, iste’molchilarga sotilayotgan oziq-ovqatlar uchun rastalarning yo‘qligi sababli mahsulotlarning sifati buzilmoqda.

“Odamlar oyog‘i tagida qolib ketayotgan oziq-ovqatni sotib olishga majbur bo‘layapti, — dedi u. — Bu sanitariya qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi”.

Qariyb 17 ming aholini qiynayotgan muammo qachon hal bo‘lishi, chandirliklarning sarsonligi, loy kechishi qachon barham topishi noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют