» » Facebook AQShdagi saylovlar oldidan o‘nlab akkauntlarni bloklab qo‘ydi

Facebook AQShdagi saylovlar oldidan o‘nlab akkauntlarni bloklab qo‘ydi


Facebook kompaniyasi AQSh Kongressiga oraliq saylovlar oldidan xorijiy davlatlarga aloqador deb taxmin etilgan o‘nlab akkauntlarni bloklab qo‘ydi, deb yozadi “Gazeta.ru” ijtimoiy tarmoq press-reliziga tayanib.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq rahbariyatiga AQSh huquq-tartibot organlari xodimlari murojaat qilib, faoliyati shubhali bo‘lgan akkauntlar haqida xabar qilgan va ular chet el tashkilotlari bilan aloqador bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Kompaniyaning avvalgi tekshiruvlari natijasida muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlarda ishtirok etganlikda gumon qilingan 30 ta Facebook va 85 ta Instagram akkauntlari aniqlangan edi. Ular zudlik bilan bloklab qo‘yilgan, kompaniya esa tekshiruvda davom etgan edi.

Bloklab qo‘yilgan Facebook akkauntlarining deyarli barchasi rus yoki fransuz tillarida, Instagram’dagi akkauntlar esa ingliz tilida yuritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют