» » Yoshlar Ittifoqi “Troll.uz”ga qarshi qaratilgan kampaniyani qoraladi va o‘z a’zolarini “ura-ura!” tadbirlardan voz kechishga chaqirdi

Yoshlar Ittifoqi “Troll.uz”ga qarshi qaratilgan kampaniyani qoraladi va o‘z a’zolarini “ura-ura!” tadbirlardan voz kechishga chaqirdi


Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ba’zi talabalari, boshlang‘ich tashkilot a’zolarining “Troll.uz” internet-loyihasi sahifalariga qarshi “spam” e’lon qilish aksiyasini o‘tkazishi bo‘yicha hech qanday topshiriq bermagan va ularni bu xatti-harakatlarga undamagan. Bu haqda Ittifoq raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq TATUning ba’zi talabalari “Troll.uz” loyihasi asoschisi Umid G‘afurovga tuhmat qilgani, shuningdek, uning Telegram-kanalini spam deb e’lon qilib, yopib yuborish maqsadini bildirgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq tomonlar o‘zaro uchrashib, ziddiyatni hal qilgan, talabalar universitet rektori guvohligida Umid G‘afurovdan uzr so‘ragan edi.

Alisher Sa’dullayevning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, “Yoshlar Ittifoqi talabalar va faol yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo ular boshqa yoshlar, xususan, bu vaziyatda, yosh blogerning faoliyati va huquqlarini cheklashiga qaratilgan taqdirda, bunday ishlarni yoqlamaydi”.

Yoshlar Ittifoqi ijtimoiy tarmoqlardagi konstruktiv blogerlar sahifalari va boshqa ommaviy axborot vositalardagi tanqidiy va tahliliy materiallarni muntazam kuzatib, ulardan tashkilot faoliyatini yaxshilash maqsadida foydalanadi. “Troll.uz” kabi loyihalarni Yoshlar Ittifoqi xavf deb qayd etgan emas. Aksincha Yoshlar Ittifoqi jamiyatdagi barcha yoshlar fikrlarini tinglash va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida xizmat qiladi. Umid G‘afurov haqida tarqalgan ma’lumotlarni tashkilot ham qo‘llab-quvvatlamaydi va Umid G‘afurovning kelajakdagi faoliyatiga omad tilaydi.

“Yoshlar Ittifoqining quyi tizim vakillaridan ‘ura-ura!’ tadbirlardan voz kechish va tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari atrofida birlashish so‘raladi”, — deyiladi Ittifoq raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayevning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют