» » AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov Toshkentga keldi

AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov Toshkentga keldi


Bugun, 6-noyabr sanasida AIBA’ning saylangan yangi prezidenti o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov Toshkentga keldi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Rahimovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev va Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2—3-noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasining kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongressning ikkinchi kunida o‘tkazilgan saylovda G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligi saylandi. U 86 ta ovoz olib, qozog‘istonlik Serik Qo‘noqboyevni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, G‘ofur Rahimov endi AIBA prezidenti lavozimida 2022-yilgacha ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют