» » G‘ofur Rahimov va Serik Konakboyev AIBA prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

G‘ofur Rahimov va Serik Konakboyev AIBA prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi


Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va tashkilotning vitse-prezidenti Serik Konakbayev AIBA prezidentligi uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu haqda Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlov xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

AIBA prezidenti lavozimiga nomzodlar arizalarini topshirish 23-sentabr, yakshanba kuni yakunlandi. Prezidentlikka saylov esa 2—3-noyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadi. “G‘ofur Rahimov va Serik Konakbayevlar nomzodi ilgari surildi”, — deb bayonot bergan Umar Kremlev.

Aavvalroq G‘ofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘rtasida muammo paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi. XOQ Rahimovga nomzodini bekor qilishni tavsiya qilib, bunday bo‘lmagan taqdirda boks Olimpiya o‘yinlari dasturidan chiqarib yuborilishi mumkinligi borasida ogohlantirildi.

Ammo AIBA rahbari bu qo‘ng‘iroqlarga o‘z munosabatini bildirib, tashkilot prezidentligi uchun nomzodini ilgari surishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют