» » O‘zbekiston elchisi Avstriya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi Avstriya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi


2018-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Sherzod Asadov Vena shahrida Avstriya federal prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Xofburg” saroyidagi marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Avstriya davlati rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan O‘zbekistondagi izchil o‘zgarishlar va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishiga Avstriyada qiziqish bilan qaralayotganini qayd etdi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

Avstriya prezidenti ta’kidlaganidek, tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishdagi faoliyatida O‘zbekiston elchisiga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют