» » O‘zbekistonda energetik ichimliklarni 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotganlik uchun jarimaga tortish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda energetik ichimliklarni 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotganlik uchun jarimaga tortish taklif etilmoqda


Joriy yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya rasmiy saytida xabar berildi.

Unda Qonunchilik palatasi majlisi muhokamasiga kiritilish rejalashtirilayotgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishni fraksiya rahbari Sarvar Otamuratov olib bordi.

Yig‘ilishda dastlab, ikkinchi o‘qishga tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, qonun loyihasi konsullik mansabdor shaxsi, shuningdek faxriy konsulning huquqiy maqomi, ularni tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi belgilanishi, shuningdek amalga oshiriladigan konsullik funksiyalarlarini tartibga solishni ko‘zda tutadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining repatriatsiyasi hamda pasport va boshqa harakatlanish hujjatlari yo‘qotilgan yohud muddati o‘tgan taqdirda qaytish uchun guvohnoma berish hamda yashash uchun zaruriy mablag‘larsiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanmoqda.

Fraksiya a’zolari tomonidan konsullik ustavining yangi tahrirda qabul qilinishi, xalqaro konsullik huquqi norma va tamoyillarining milliy qonunchiligimizga implementatsiyasi jarayonini chuqurlashtirish, konsullik mansabdor shaxslari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning javobgarligini va ular tomonidan ishlab chiqilayotgan hujjatlarning sifatini oshirish, mamlakatning manfaatlarini, uning fuqarolari va yuridik shaxslari huquqlari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini rivojlantirish hamda ular bilan iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy va boshqa aloqalarini kengaytirishni ta’minlashga ko‘maklashishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, “Milliy tiklanish” DP fraksiya a’zolarining tashabbusi asosida kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini muhokamalardan so‘ng ikkinchi o‘qishda qabul qildilar. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga energetik ichimliklarni 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish – fuqarolarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 7 baravaridan 15  baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunda energetik ichimliklar tushunchasiga ta’rif berilmoqda hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunida bunday ichimliklarni iste’mol qilishning zarari, tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerakligi, iste’molchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatiga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi, shuningdek televideniye va radio orqali reklama qilish vaqtlari aniq belgilanmoqda, ichimliklar namunalarini 18 yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekinga tarqatish, asosan 18 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, shu jumladan sotish asosan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta’lim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish taqiqlanmoqda.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Aytib o‘tilganidek, mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”, “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunlarni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan qoidalar bilan o‘zaro muvofiqlashtirish ta’minlanadi.

Fraksiya yig‘ilishda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi hamda barcha masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют